
Yordam markazi
FAQ
Ko‘p beriladigan savollarga javoblar. Kerakli javobni topa olmasangiz, biz bilan bog‘laning.
UMUMIY
Maxfiy ish qanday platforma?
Bu – voqealarni tergovchidek tahlil qilishni o‘rgatuvchi interaktiv platforma. Har bir kazusda dalillarni to‘playsiz, guvoh va gumondorlarni so‘roq qilasiz, so‘ng o‘z xulosangizni chiqarasiz.
Kazuslar bepulmi?
Barcha Stajyor kazuslar hamisha bepul. Tergovchi va Ekspert darajalarida bittadan demo kazus bepul, fasllarning 1-qismi ham bepul. Qolganlari bittalab sotib olinadi yoki obuna orqali ochiladi.
Progressim saqlanadimi?
Ha, hisobingizga kirgan bo‘lsangiz, har bir kazus bo‘yicha progressingiz serverda saqlanadi.
Kimlar uchun mo‘ljallangan?
Detektiv hikoyalar va mantiqiy masalalarni yoqtiradigan har kim uchun. Huquq yo‘nalishida o‘qiyotganlar uchun esa tergov va qonun moddalarini amalda mashq qilish imkoniyati.
Kazuslar haqiqiy voqealarmi?
Yo‘q, barcha kazuslar to‘qib chiqarilgan, ism va tashkilotlar ham o‘ylab topilgan. Lekin tergov tartibi, dalil turlari va qonun moddalari O‘zbekiston qonunchiligiga asoslangan.
O‘yinni telefonda o‘ynasa bo‘ladimi?
Ha. Sayt telefon, planshet va kompyuterda ishlaydi, ilova o‘rnatish kerak emas. Ekspert darajadagi kazuslarni kompyuterda o‘ynash qulayroq.
O‘YIN VA QOIDALAR
Darajalar o‘rtasida qanday farq bor?
Stajyor – bepul, test ko‘rinishidagi kazuslar: har bosqichda bitta savol. Tergovchi – to‘liq tergov: dalil, hujjat, guvoh, gumondor va ekspertiza. Ekspert – to‘liq tergov, bundan tashqari gumondorlarga o‘zingiz yozgan savollarni berishingiz mumkin (javobni AI beradi). Batafsil – “Qoidalar” sahifasida.
Kazus qachon yechilgan hisoblanadi?
Aybdorni to‘g‘ri tanlab, unga to‘g‘ri ayblov moddasini qo‘ysangiz. Ikkalasidan biri xato bo‘lsa, kazus yechilmaydi. Qaysi biri xato ekani aytilmaydi – qayta urinib ko‘rishingiz mumkin.
Nega barcha dalillarni ochib bo‘lmaydi?
Har kazusda tekshirish mumkin bo‘lgan dalillar va ekspertizalar soni cheklangan. Qaysi birini tekshirishni o‘zingiz tanlaysiz – shuning uchun nomi va tavsifiga qarab muhimlarini tanlang.
Vaqt qanday hisoblanadi? Sahifadan chiqsam vaqt ketadimi?
Vaqt faqat kazus sahifasi ochiq turganda ketadi. Sahifani yopsangiz yoki boshqa sahifaga o‘tsangiz vaqt to‘xtaydi, qaytganingizda qolgan joyidan davom etadi. Tergovchi va Ekspert kazuslarda vaqt tugasa, kazus yechilmagan hisoblanadi.
Gumondorni qanday fosh qilaman?
Gumondor biror narsani da‘vo qilsa, “Yolg‘on!” tugmasini bosib, uning gapini inkor qiladigan dalilni ko‘rsatasiz. Dalil to‘g‘ri bo‘lsa, gumondor tan oladi. Har urinishga tanga sarflanadi. Ekspertiza xulosasini olgandan keyin gumondorni qayta so‘roq qilishingiz mumkin.
Xato qilsam kazusni qayta o‘ynasam bo‘ladimi?
Ha. Yechilmagan kazusni qaytadan boshlash mumkin, lekin har xato urinish reyting ballini kamaytiradi. Yechilgan kazusni qayta o‘ynasangiz, qo‘shimcha ball berilmaydi.
FASLLAR
Fasl nima?
Fasl – bir nechta qismdan iborat katta ish. Har qismda alohida jinoyat tergov qilinadi, lekin ular bir-biriga bog‘liq. Oxirgi qismda – finalda – ularning hammasi ortida kim turgani aniqlanadi.
Fasl qismlari qanday ochiladi?
1-qism hamma uchun bepul. Faslni sotib olgach, qismlar ketma-ket ochiladi: oldingi qismda hukm chiqarsangiz (xato bo‘lsa ham), keyingisi ochiladi. Fasl efirda bo‘lsa, har hafta bitta yangi qism chiqadi.
Faslni butunlay olish kerakmi yoki qismni alohida olsa bo‘ladimi?
Ikkalasi ham mumkin. Butun faslni olish qismlarni bittalab olishdan arzonroq. Fasl tugagandan keyin uning qismlarini (finaldan tashqari) alohida ham sotib olish mumkin – ular oddiy kazus kabi o‘ynaladi.
Fasl iplari nima?
Har qismda faslning asosiy siriga oid dalillar bor. Ularni topsangiz, “Fasl dosyesi”ga yoziladi va finalda ularni dalil sifatida ishlatishingiz mumkin.
TANGALAR VA REYTING
Tangalar nima uchun kerak?
Guvoh va gumondorga qo‘shimcha savol berish, gumondorni dalil bilan fosh qilish va Ekspert kazuslarda gumondorga o‘zingiz yozgan savolni berish uchun. Stajyor kazuslarda tanga kerak emas.
Tangani qanday olaman?
Ro‘yxatdan o‘tganingizda sovg‘a tanga beriladi. Tergovchi va Ekspert kazusni birinchi marta yechganingizda va nishon olganingizda ham tanga qo‘shiladi. Tanga paketlarini sotib olish ham mumkin.
Reyting qanday hisoblanadi?
Har bir yechilgan kazus uchun: kazus qiymati × natija (0–100%). Reytingingiz – shu ballarning yig‘indisi. Tangasiz yoki kam tanga sarflab yechsangiz, qo‘shimcha ball olasiz; xato urinishlar ballni kamaytiradi.
Unvonlar va nishonlar nima beradi?
Unvon reyting ballingizga qarab beriladi va profilingizda ko‘rinadi. Nishonlar alohida yutuqlar uchun beriladi, ba‘zilari bilan birga tanga ham beriladi.
TO‘LOV
Istalgan payt rejani bekor qilsam bo‘ladimi?
Obuna avtomatik yangilanmaydi va kartangizdan o‘zi pul yechilmaydi. Muddat tugagach obuna shunchaki to‘xtaydi – bekor qilish shart emas. Tugashidan 3 kun oldin eslatma yuboramiz.
Bepul reja bilan nechta kazusni sinab ko‘rish mumkin?
Barcha Stajyor kazuslar hamisha bepul. Bundan tashqari Tergovchi va Ekspert darajalarining har birida bittadan demo kazusni bepul o‘ynab ko‘rishingiz mumkin.
Yillik to‘lovda chegirma qancha?
Yillik to‘lovda 2 oy tekin beriladi. Yillik obuna birinchi fasl boshlangandan keyin ochiladi; hozircha faqat oylik.
Obuna tugasa nima bo‘ladi?
Obuna orqali ochilgan kazuslar yopiladi. Bepul, alohida sotib olingan kazuslar va fasllar, tangalaringiz, nishonlaringiz, reytingdagi o‘rningiz va natijalaringiz saqlanib qoladi. Yarim qolgan tergov ham saqlanadi. Obuna davrida o‘ynagan kazusni umrbod saqlab qolish uchun chegirma taklif qilamiz.
Qanday to‘lov usullari bor?
Payme va Click. To‘lov tasdiqlangan zahoti kazus, fasl yoki obuna ochiladi.
Sotib olgan kazusim muddatsizmi?
Ha. Alohida sotib olingan kazus va fasl hisobingizda doim qoladi. Obuna orqali ochilgan kazuslar esa faqat obuna amal qilib turgan paytda ochiq.
To‘lov o‘tdi, lekin kazus ochilmadi. Nima qilay?
Sahifani yangilang – tasdiq bir necha soniya kechikishi mumkin. Bir necha daqiqadan keyin ham ochilmasa, “Aloqa” sahifasi orqali to‘lov vaqti va summasini yozib yuboring, tekshirib beramiz.
HISOB VA TEXNIK
Ro‘yxatdan o‘tish shartmi?
Kazuslar bilan tanishish uchun shart emas. O‘ynash, natijani saqlash, tanga yig‘ish va reytingda qatnashish uchun hisob kerak.
Parolni unutdim, nima qilay?
Kirish sahifasida “Parolni unutdingizmi?” havolasini bosing. Elektron pochtangizga yangi parol o‘rnatish uchun havola keladi.
Ovoz va musiqa o‘yinga xalaqit beryapti. O‘chirsa bo‘ladimi?
Ha. O‘yin oynasining o‘ng tomonidagi tugmalar bilan musiqa va ovoz effektlarini alohida o‘chirish mumkin. Tanlovingiz saqlanib qoladi.
Hech qanday savol topilmadi. Boshqa kalit so‘z bilan qidiring.